Yuqori Sifatli Onlayn Buxgalteriya Xizmatlariga Ega Bo'ling

Kafolatlangan 40% Chegirmadan Foydalaning!

Iltimos, menejerimiz siz bilan bog’lanishi uchun quyidagi shaklni to’ldiring.

Barcha ma'lumotlar maxfiy saqlanadi!

Hali imkon borligida bu ajoyib taklifdan foydalanib qoling

TADBIRKOR TAJRIBASIZ BUXGALTERNI QANDAY ANIQLASHI MUMKIN?

Buxgalter– jamoada biznes egasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi, unga ko’p narsa bog’liq.

Agar soliq idorasidan tinimsiz qo’ng’iroq, tekshiruv bo’lib, ketma-ket jarimalar yozilaversa, nima qilish mumkin?

Afsuski, ba’zi holatlarga savodsiz buxgalter yangi boshlangan biznesga yordam berish o'rniga barcha tizimni ishdan chiqaradi.

Tajribasiz buxgalter nimasi bilan xavfli va uning qaysi xatolari biznesni o’ldirishi mumkin?

  • Agar buxgalter qonunchilikdagi o'zgarish va imtiyozlardan xabardor bo'lmasa, yangiliklarni kuzatmasa, siz imtiyozlardan foydalanmay, soliqlarni ortiqcha to'layotgan bo’lishingiz mumkin.

  • Moliyaviy hisobotlarni o'z vaqtida topshirmaydi. Masalan, moddiy hisobot, daromad solig'i. Buxgalteriya hisoblarida hamma operatsiyalar ham aks etmaydi.

  • Moliyaviy hujjatlarga beparvo munosabatda bo’ladi va sarf materiallarini chiqarib tashlamaydi. Bunday holatda soliq organi yopilmagan hisobotni direktorning ish haqi sifatida qabul qilib, unga daromad solig’i, sug’urta xarajatlari va kechiktirilgan to’lov uchun penya hisoblashi mumkin.

  • Hujjatlarning aslini yo’qotib yuradi. Ko’pincha kasallik varaqalarini. Biroq to’satdan tekshiruv kelib qolganda kompaniyaga jarima yoziladi. Tajribali, mas’uliyatli buxgalter original hujjatlarni doimo saqlab qo’yadi.

  • Juda kerak bo’lgan paytida yo’qolib qoladi. Masalan, audit arafasida kasal bo'lib qoladi, mehnat ta’tiliga chiqib ketadi yoki aloqaga chiqmaydi. Va siz kompaniya buxgalteriyasi bilan yolg’iz qolib ketasiz.

Agar shu kabi nuammolar sizga tanish bo’lsa, demak hozir kerakli manzildasiz!

«NUMBERS» buxgalteriya firmasi – mas’uliyatli va sinalgan kompaniya, o’z ishi uchun barcha mas’uliyatni zimmasiga oladi va yuqoridagi kabi vaziyatlarga yo’l qo’ymaydi.

7 yildan ortiq vaqt davomida biz O’zbekiston bo’ylab to’liq buxgalteriya xizmatlarini autsorsing asosida ko’rsatib kelmoqda.

Hozirgi kunda jamoamizda 5 ta tajribali buxgalterlar mavjud va biz shtatni kengaytirish niyatidamiz.

Biz 86 ta faol kompaniyaga xizmat ko’rsatib kelmoqdamiz.

«NUMBERS» kompaniyasi bilan ishlashning asosiy afzalliklari:

  • Buxgalteriya bo’limiga xodimlar yig’ishning keragi yo’q. Ya’ni ularga oylik, alohida xona, texnika, 1C dasturlari uchun pul ajratish xarajatlarini tejash mumkin.

  • Ishga tajribasiz yoki past malakali xidimni qabul qilish ehtimoli kamayadi.

  • Inson omili yo’qoladi: buyurtmachi buxgalter mehnat ta’tilida, kasal yoki ishdan bo’shagandagi noqulayliklarni his qilmaydi.

  • Biz ko’ngildagidek chiqmagan ishimizni qoplab beramiz, bu buxgalteriya hisobini qo'llab-quvvatlash shartnomasida belgilab qo’yiladi.

  • Huquqshunos va kadrlar bo’limi boshlig’I topishga urinishning hojati yo’q, ular bizda bor.

  • Soliq to'lovlarini maksimal darajada optimallashtirish. Bizning buxgalterlarimiz turli kompaniyalarda
    ishlab, barcha soliq rejimlariga duch kelishgan. Shuning uchun qonunni buzmasdan turib kompaniyangiz uchun soliq yukini kamaytirish yo’llarini taklif qilishimiz mumkin.

  • Shartnoma bo’yicha buxgalter vazifalarining bir qismini bajarishimiz ham mumkin. Masalan, hujjatlarni o’zingiz buxgalteriya dasturiga kiritasiz va bizning kompaniya hisobotlaringizni tayyorlash va taqdim etish bilan shug'ullanadi.

Buxgalteriyadan tashqari Biz ko’rsatadigan qo’shimcha xizmatlar:

  • YaTT yoki MCHJ dan birini tanlashga yordam berish

  • Soliq tizimini tanlash

  • Huquqiy ta'minot – soliq qonunchiligi bo'yicha maslahatlar, shartnoma loyihasini ishlab chiqish va tekshirish

  • Boshqaruv va moliyaviy hisobni o'rnatish va yuritish

Mijozlar biz haqimizda:

Jamshid Xodjayev

42 yosh

Yanvar oyidan boshlab Numbers xizmatidan foydalanishni boshladim. To’g’risini aytsam, sobiq onlayn buxgalteriyamdan qochib, ularni tanlagandim. Oldinlari qo'shimcha to'lovlar paydo bo'laverardi, boshida miqdorlar unchalik katta emas edi. Lekin keyin ular ko'paya boshladi. Buxgalteriya firmasini almashtirishga qaror qildim. Numbers reklamasini instagramdan ko’rib qoldim. Kompaniya tajribali ekan. Ushbu kompaniyani tanlashimga sabab, men faqat belgilangan miqdorni to’lashim bo’ldi. Ular barcha imtiyozlarni hisobga olib, imkon qadar xarajatlarimni kamaytirishdi.

Dilshod Karimov

45 yosh

Numbers bilan ikki yildan ortiq vaqt davomida hamkorlik qilaman. Ularning ishidan har doim qoniqib kelganman. Ular meni bir tonna muammodan qutqarishdi, hisobotlar soliq idorasiga o'z vaqtida topshiriladigan bo’ldi. Bu xizmatlar menga shtatda ishlaydigan buxgalterlardan ancha arzonga tushdi. Ular buxgalteriya hisobi va kadrlar bo‘yicha masalalarni shartnomada ko‘rsatilgan shart va talablarga qat’iy rioya qilgan holda bajardilar. Ularning malakasi va kuchli yuridik yordami o'z samarasini berdi va men kamroq soliq to'lay boshladim.

Shahzod Bahodirov

26 yosh

Numbers xizmatidan foydalanayotganimga yarim yildan oshdi, hozircha hech qanday shikoyatim yo’q. Soliq va boshqa davlat organlari tomonidan ko'plab jarimalardan qutulishga yordam berdi. Barcha hujjat ishlari aql bilan yuritilib, hisobotlar o’z vaqtida topshirildi. Bu vaqt oralig’ida ko’pchilik tanishlarimga Numbers firmasini tavsiya qildim, ularning hammasi mamnun. Yana ko’p yillar hamkorlik qilishimizdan umidvorman.

BIZGA ISHONISHADI:

THOMPSON SCHOOL o’quv markazi

LE UAT DE BUKHARA kompaniyasi

"BTB METAL" MChJ

"IDIYEV BUILDER"

Bon-Bon Food

Har xil restoran va magazinlar.

SIZ BIZGA TO’G’RI KELMAYSIZ, AGAR:

  • Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarsangiz

  • Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilsangiz

  • Shaffof buxgalteriya yuritish shart emas, deb hisoblasangiz

  • Faqat shtat asosida ishlaydigan buxgalterga ishonsangiz

ISHIMIZ BOSQICHLARI:

  • Xizmatlarni ko'rsatish shartnomasi tuziladi, unda quyidagi bandlar majburiy

    Tomonlar majburiyatlari va vazifalari

    Biz qanday xizmatlar ko’rsatamiz va buning uchun qanday mukofot olamiz

    Hujjatlar qaysi vaqtda, qanday yetkaziladi

    Ma'lumotlar uzatishning maxfiyligi va xavfsizligi shartlari

    Agar hamkorlikni to'xtatish zarur bo'lsa, ma'lumotlar sizga qanday yetkaziladi

    Ma’lumotlarga kirish usuli

    Ish uchun qanday hujjatlar taqdim qilinadi

    Buning uchun mas’uliyatni kim bo’yniga oladi va nega?

  • Shartnomaga muvofiq ishlash, xizmat ko’rsatish.

    Biz o’z xizmatlarimizni to’laqonli bajarishimiz uchun mijoz to'lanishi kerak bo'lgan soliqlarni hisoblashimiz uchun hujjatlarni to’liq taqdim etishi shart.

    Shuningdek, bizga xodimlar bilan mehnat shartnomalari, ish vaqti jadvali, kasallik varaqalari, hisob-fakturalar, aktlar va boshqa shu kabi hujjatlar kerak bo'lishi mumkin.

  • Hamkorlikni tugatgandan keyin shartnomani bekor qilish. Buning uchun siz ish jarayonida amalga oshirilgan operatsiyalar ma'lumotlar bazasiga kirish ruxsat etilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

    Shuningdek, siz Soliq Qo’mitasiga qarzlar bor-yo'qligini bilish uchun so'rov yuborishingiz kerak, keyin ma'lumotlar bazasidan nusxa ko'chiring va ish uchun kompaniyamizga taqdim etilgan hujjatlaringizni oling.

Hamkorligimizning har bir bosqichi to'liq mas'uliyat bilan, shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Tasavvur qiling…

Biz bilan hamkorlikdan siz qanday afzalliklarga ega bo’lasiz:

1. Biz sizni buxgalteriya bo'limini boshqarish bo'yicha barcha xodimlar va tashkiliy vazifalardan ozod qilamiz. Endi siz buxgalterning kayfiyati, uning xohish-istaklari haqida qayg'urishingiz shart emas, chunki kompaniyaga bitta buxgalter emas, balki yuqori malakali xodimlar jamoasi (buxgalterlar, soliq maslahatchilari, yuristlar, kadrlar bo'limi xodimlari, ish haqi kassirlar va h.zo.) kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan.

2. Buxgalterlarimiz professionalligi firmamiz tomonidan kafolatlanadi, chunki har bir xodim ishga qabul qilinishdan oldin jiddiy tanlovdan o'tadi, har yili o'z malakasini oshiradi va sertifikat oladi.

3. Buxgalteriya hisobi sifati, kompaniyangiz moliyaviy va soliq tavakkalchiligi va qayerda pul yo‘qotayotganingizni tushunish uchun biz sizning ma’lumotlar bazangizni ekspress tekshiruvidan o‘tkazishimiz mumkin – ehtimol bu buxgalteringiz aybidir.

4. Bizning buxgalteriya firmamiz buxgalteriya hisobi sifatini ham nazorat qiladi.

5. Firmamiz buxgalterimiz aybi bilan qo'llanilishi mumkin bo'lgan sanktsiya (jarima, penya)lar uchun moliyaviy javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.

6. Biz soliq va va boshqa nazorat organlari bilan bog’liq masalalarni o’z zimmamizga olamiz.

7. Siz hamkorlik davomida emas, ma’lum foydani ko’rganingizdan so’ng to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

8. Sizda foydaga bevosita ta'sir ko'rsatadigan biznes jarayonlariga ko'proq e'tibor qaratish imkoniyati mavjud.

Bizning firma biznesingiz manfaati uchun dam olmasdan ishlaydi!

Balki sizni foydamizga qaror qabul qilishdan nimadir to’xtatib turgandir… Va siz buxgalterlar jamoasini ishga olib, ularga yillar davomida yirik maosh to’lashga tayyorsiz … Balki siz turli materiallar va kanstovarlar, buxgalterlik dasturlarini yangilash, ish haqi fondi uchun soliq va buxgalterlaringiz malakasini oshirish uchun kattagina mablag’ sarflashga tayyordirsiz…

Ularni mehnat ta'tiliga chiqarasiz, bu vaqt oralig’ida esa hech kim buxgalteriyangiz bilan shug’ullanmaydi...

Keyinroq kelib chiqadigan muammolar haqida-ku, gapirmay qo’yaqolay! Ba'zida bunday muammolar kompaniya uchun jarima yoki boshqa moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin.

Bunday hollarda kimga shikoyat qilasiz?!

«NUMBERS» BUXGALTERIYA FIRMASI KAFOLAT BERADI:

  • Qonunchilik bazasidan chuqur xabardorlik (yangi Farmon, Qaror va turli imtiyozlar)

  • Yuqori professional, sifatli xizmat ko’rsatish

  • Hisobotlarni o’z vaqtida topshirish

  • Murakkab moliyaviy muammolarni hal qilish uchun yordam

  • Sug’urtalangan buxgalteriya (Firma aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash)

  • To’liq maxfiylik

  • Sinchiklab tahlil o’tkazib, mijoz mablag’ini tejash ■ MSFO hisobot (xalqaro standartga muvofiq)

  • Mijozning ichki buxgalteriyasini yuritish

BIZNING MAXSUS TAKLIFIMIZ

Faqat birinchi 30 ta mijoz xizmatlarimiz uchun 40% chegirma oladi!

Qulay va foydali taklifdan imkon borligida foydalanib qoling!

© 2023 Numbers | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.